Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesiniń 22-sessiyası bolıp ótti.
янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYa MÁJILISI
янв.21
Rayonda jaslardı qollap-quwatlaw baǵdarındaǵı jumıslar dawam etpekte.
янв.21
Jaslardıń sport penen shuǵıllanıwı ushın jaratılǵan sharayatlar úyrenildi
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesi baslıǵı D.Ametov ÓzLiDeP deputatlıq toparınıń jumısları hám deputatlardıń saylaw aldı dástúri tiykarında ámelge asırılıp atırǵan jumıslar menen tanıstı.
Kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha komissiya faoliyati tahlil qilindi

Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida kambag‘allikni qisqartirish, aholi turmush farovonligini oshirish va ushbu yo‘nalishdagi ishlar ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirishga qaratildi.

 

 ✅Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29 noyabrda qabul qilingan “Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-6-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan edi.

 

 ✅Qarorga muvofiq, xalq deputatlari tuman Kengashi huzurida kambag‘allikni qisqartirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha komissiya tashkil etilib, uning tarkibi hamda faoliyatini tartibga soluvchi Nizom tasdiqlandi. 

 

 ✅Komissiya faoliyati doirasida har oyda majlislar o‘tkazilib, tumanda kambag‘allik darajasini qisqartirish bo‘yicha belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlar ijrosi muhokama qilinadi. Shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, mutasaddi idora va tashkilotlar rahbarlarining ushbu yo‘nalishda amalga oshirgan ishlari to‘g‘risidagi axborotlari eshitib boriladi. 

 

 ✅Shu bilan birga, tumanda kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan davlat siyosati mazmun-mohiyatini aholiga keng tushuntirish, targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish ham komissiyaning asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilandi. 

 

 ✅Qarorga ko‘ra, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari, kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi hamda Mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi tomonidan har oy yakunida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tahliliy ma’lumotlar tayyorlanib, keyingi oyning 10-sanasiga qadar xalq deputatlari tuman Kengashiga taqdim etib boriladi. 

 

 ✅Shuningdek, tuman hokimligi axborot xizmati hamda “Qo‘shchinor” gazetasi tahririyatiga kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va ushbu sohada olib borilayotgan deputatlik nazorati tadbirlarini ommaviy axborot vositalarida, rasmiy veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borish tavsiya etildi. 

 

 ✅Mazkur qaror ijrosi ustidan nazoratni xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyalari raislari amalga oshiradi

🌐 https://t.me/Toyloq_tuman_Kengashi

Slide 1 of 5