Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

“Sog‘lom oila-mustahkam oila” loyihasi

            Chiroqchi tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikada O‘zLiDeP Chiroqchi tuman Kengashi tomonidan jamiyatda sog‘lom turmush tarzini va ayollar o‘rtasida tibbiy madaniyatni ommalashtirish maqsadida “Sog‘lom oila-mustahkam oila” loyihasi doirasida “ Erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikoxning salbiy oqibatlari va ularni bartaraf etish yo‘llari ” mavzusida davra suhbati va bepul tibbiy ko‘rik o‘tkazildi. Tuman mahallarida yashovchi 150 dan ortiq xotin-qizlar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, maslahatlar berildi.Tadbirda Viloyat kengashi deputati , O‘zLiDeP Chirokchi tuman Kengashi raisi M.Berdiqulova va tuman Kengashi deputati, O’zLiDeP Chiroqchi tuman Kengashi raisning birinchi o‘rinbosari, apparat rahbari Farxod Elmurodovlar ishtirok etdi.Fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda Vrachlardan E.Lapasov, X.Xusainova, T.Maxmudov, S.Kurbonov hamshiralardan G.Maxmetova, M.Nurmatovalar faol ishtirok etishdi. Tadbir davomida faol mexnat qilayotgan vrachlardan E.Lapasov va X.Xusainovalarga tuman hokimligining “Faxriy Yorliq”lari topshirildi.  

Slide 1 of 2