Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Ishtixon tumani fuqarolari murojaati tuman deputatlari nazoratida

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputatlari Mutallib Raximov va Nurali Kiyamov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 4-apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-706-IV-sonli Qarori ijrosi yuzasidan Ishtixon tumani “Boylata” mahalla fuqarolar yig‘inida Kalaxosa qishlog‘ida yashovchi fuqaro Fozilova Toshbuvining qiziga uy-joy qurib berish hovlisida joylashgan transformator atrofini o‘rab berish masalasida qilgan murojaati bo‘yicha o‘rganish o‘tkazdi.

Fuqaro Fozilova Toshbuvining qiziga subsidiya asosida uy-joy olish tartibi tushuntirildi va transformator atrofini o‘rab berish masalasi yuzasidan tuman Elektr tarmoqlari korxonasida deputatlik so‘rovi chiqarildi. 

Slide 1 of 2