Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi 29-Ziyokor saylov okrugi deputati Allayorova Jamila Azizmamatova o‘z saylov okruglarida "Deputat va yoshlar" uchrashuvi tashkil qilib, bugungi kunda dolzarb bo‘lib turgan yoshlarga oid davlat siyosati, yangi qabul qilingan Qonunlar mazmun-mohiyatini yoshlarga tushuntirib o‘tdi. Shuningdek yoshlarni qiynayotgan kamchilik va muammolar ham atroflicha muhokama qilindi.
Uchrashuv so‘ngida deputat o‘quvchi qizlarni "8 mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami" munosabati bilan tabriklab o‘tdi. Sizlarni, chin ko‘nglimdan tabriklab, dunyodagi barcha ezgu tilaklarni va istaklarni ravo ko‘rishimni hamda bizning baxtimizga doimo sog‘-salomat yurishingizni astoydil tilab qolaman! Xonadoningizda xamisha baxt-iqbol quyoshi porlab turishiga tilakdoshmiz!