Mehr-saxovat, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga yordam ko‘rsatish, insonni qadrlash xalqimizga xos bo‘lgan azaliy qadriyatlardan biridir.
Shu maqsadda Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi kotibiyat mudiri N.Qiyamov tomonidan tuman hududidagi mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan, og‘ir vaziyatga tushib qolgan, boquvchisi yo‘q uy-joyga muhtoj yolg‘iz ayollarni homiylar ko‘magida uy-joyini ta’mirlash va qurib berish uchun fuqarolarning xonodonlarida yashash sharoiti o‘rganildi.