Tuman 4-sektor rahbari Z.Jozilov, Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati M.Aliqulova va tegishli tuman tashkilotlari bilan birgalikda Ishtixon tumani “Shayxlar” mahalla fuqarolar yig‘ini Qaroxon qishlog‘i aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazib, fuqarolar muammolarini o‘rganishdi.
Sayyor qabul davomida fuqarolardan 20 ga yaqin murojaatlar yo‘llanib, ular asosan elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichki yo‘llar ta’miri, toza ichimlik suvi, bandlikni ta’minlash kabi masalalar yuzasidan kelib tushdi.
Barcha murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilib, bir qator murojaatlar shu joyning o‘zida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qolgan murojaatlar ijrosi tegishli mutasaddilar zimmasiga yuklatildi.