Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashidagi O‘zbekiston “Adolat” SDP deputatlik guruhi tomonidan Farg‘ona tuman Yoyilma mahalla fuqarolari
yig‘inida partiyaning “Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat – porloq kelajak” loyihasi doirasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
🔹Yig‘ilishda Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari F.Mirzayev, O.Dadajonova, O‘zbekiston “Adolat” SDP Farg‘ona tuman Kengashi raisi N.Karimov, Yoyilma MFY mahalla faollar va Kengash a’zolari ishtirok etdilar.
🔹Unda Xalq deputatlari Farg‘ona tuman deputati O.Dadajonova:
Mahalla faollari birgalikda "Sog‘lom oila - sog‘lom jamiyat – porloq kelajak" tamoyillarini targ‘ib qilish, xususan yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi va erta
nikohning oldini olish, reproduktiv salomatlikni yaxshilash, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirish, xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatilishida mahalla kengashi bilan birgalikda chora-tadbirlar qo‘llanishida loqaydlikka yo‘l qo‘ymaslik lozimligini aytib, birgalikda faoliyat olib borishga chaqirib, toki oila sog‘lom bo‘lsa, jamiyat sog‘lom bo‘lishiga, jamiyatning sog‘lomligi porloq kelajak ekanligini ta’kidladi