📌 "Milliy tiklanish DP" dan saylangan Xalq deputatlari Qo'ng'irot tumani Kengashi deputati Otelbaev Baxtiyar Aybekovich tomonidan tumandagi kutubxonalar faoliyati atroflicha o‘rganildi.
🔍 O‘rganish davomida:
▫️ kutubxonalarning moddiy-texnik bazasi holati
▫️ kitob fondining boyligi va yangilanish darajasi
▫️ kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar
▫️ yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib etish ishlari
batafsil tahlil qilindi.
💬 Shuningdek, soha mutaxassislari va mas’ullar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashildi. Kutubxonalar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar ilgari surildi.
📖 Alohida ta’kidlandi:
Bugungi kunda kitobxonlik madaniyatini oshirish — yoshlar tarbiyasi, ularning bilim va dunyoqarashini kengaytirishda muhim omillardan biri hisoblanadi. Shu bois kutubxonalar faoliyatini zamon talablari asosida rivojlantirish ustuvor vazifa ekanligi qayd etildi.
🤝 Deputat tomonidan mas’ul tashkilotlarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda kutubxonalar jozibadorligini oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni davom ettirish zarurligi belgilandi.
📌 Bunday o‘rganishlar hududda ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash, aholi, ayniqsa yoshlar orasida kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qiladi.
✍️Xalq deputatlari Qo‘ng‘irot tumani Kengashi kotibiyati.