Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Ijtimoiy loyihalar ijrosi nazoratda

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Abduraxmanova Nafisa Alimovna tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy loyihalar ijrosi o‘rganilmoqda.

🏗 Deputat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-sentabrdagi PQ-5246-son qarori asosida amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida Keneges OFY hududida barpo etilgan mahalla va maishiy xizmat ko‘rsatish markazining foydalanishga topshirilish arafasidagi holati bilan tanishdi.

📊 O‘rganish davomida:

▪️ Qurilish ishlarining yakuniy bosqichi

▪️ Obyektning foydalanishga tayyorligi

▪️ Aholiga yaratilayotgan qulayliklar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

📌 Yakunda aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, obyektni sifatli va o‘z vaqtida foydalanishga topshirish bo‘yicha mas’ullarga vazifalar belgilandi.

✅ Mazkur loyiha hudud aholisi uchun zamonaviy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish va turmush sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 9