Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Murojaat va natija: "Alpomish" mahallasidagi muammolar hal etilmoqda

💬Muloqotlar davomida aholi asosan ichimlik suvi quvurlaridagi nosozliklar va elektr ta’minotidagi uzilishlar bo‘yicha masalalarda amaliy yordam so‘radi.

✔️Bildirilgan murojaatlar deputat tomonidan soha vakillari ishtirokida o‘rganilib, mahalla hududidagi 31-sonli ko‘p qavatli uyda kuzatilayotgan elektr ta’minotidagi uzilishlar mutaxassislar yordamida to‘liq bartaraf etildi.

💧Suv ta’minoti bilan bog‘liq boshqa masalalar ham mutaxassislar nazoratiga olinib, ularni hal etish choralari ko‘rilmoqda.

💬"Aholi farovonligi va qulay yashash sharoitini yaratish — bizning asosiy vazifamizdir. Har bir murojaat e’tiborimizda va ularning yechimi ustida ishlashda davom etamiz," — deydi deputat A.Ashurov.

Slide 1 of 3