Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini targʻib qilish yuzasidan seminar

     Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini targʻib qilish yuzasidan seminar mashgʻuloti boʻlib oʻtdi.

   Boʻka tumani 1-umumiy oʻrta taʼlim maktabi pedagog jamoasi ishtirokida tashkil etilgan seminarni Xalq deputatlari Boʻka tumani Kengashi deputati, 16-maktab direktori M.Yoʻldosheva olib bordi.

   Seminar maʼruzasida Prezidentimiz 2026-yilda amalga oshiriladigan eng muhim ustuvor yoʻnalishlarga alohida toʻxtalib oʻtganligi yoritib berildi.

   Isteʼdodli oʻgʻil-qizlarning taʼlim, ilm-fan, madaniyat, sanʼat, sport va boshqa sohalarda erishayotgan katta yutuqlari;

   Mahalla infratuzilmasi tubdan yaxshilanishi; 

   Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha loyihalarni amalga oshirish Yangi Oʻzbekistonning ilmiy va texnologik rivojlanishiga, milliy taraqqiyotimizni yangi bosqichga olib chiqishga turtki berishi haqida maʼlumotlar berib oʻtdi.

Slide 1 of 3