Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
YOSHLAR MANFAATLARI — DOIMIY E’TIBORDA

Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining 9-Gulobod saylov okrugi deputati G. Shodiyeva Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Zayniddinov Bekzod Muhiddin o‘g‘li bilan hamkorlikda hududdagi yoshlar bilan ishlash, ularning muammo va takliflarini o‘rganish hamda mavjud masalalarga yechim topish yuzasidan uchrashuv va o‘rganish ishlarini olib bordi.
Hamkorlikdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni qiynayotgan masalalarni aniqlash, bandligini ta’minlash, ijtimoiy faolligini oshirish hamda yoshlar manfaatlarini tuman Kengashi faoliyatida kengroq aks ettirishdan iborat.
Mazkur faoliyat Xalq deputatlari Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi to‘g‘risidagi Nizomda belgilangan vazifalar, jumladan, yoshlar muammolarini o‘rganish, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va deputatlarga ko‘maklashish yo‘nalishlariga muvofiq amalga oshirilmoqda.
Yoshlar bilan muntazam muloqot qilish, ularning fikr va tashabbuslarini tinglash hamda amaliy takliflarini qo‘llab-quvvatlash kelgusidagi hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridan biridir.
📍 Yoshlar tashabbusi — hudud taraqqiyoti uchun muhim imkoniyat!

Slide 1 of 3