Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
Markaziy dehqon bozorida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari va zaxirasi o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Mannobov tomonidan Markaziy dehqon bozorida aholi kundalik ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hamda ularning zaxirasi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

🔵O‘rganish davomida bozordagi savdo rastalari ko‘zdan kechirilib, aholi tomonidan kundalik iste’mol qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlarining mavjudligi, ularning narxlari va zaxiralar shakllantirilganlik holatiga e’tibor qaratildi. Xususan, go‘sht va go‘sht mahsulotlari, un, guruch, o‘simlik yog‘i, shakar, kartoshka, piyoz, sabzi hamda boshqa asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining savdoga chiqarilishi va xaridorlar ehtiyojini qondirish imkoniyatlari o‘rganildi.

🔵Shuningdek, bozordagi narx-navo holati bilan tanishilib, mahsulotlar ta’minotining uzluksizligini ta’minlash, mavsumiy talabni inobatga olgan holda zaxiralarni shakllantirish va aholi ehtiyojini barqaror qondirish masalalari ko‘rib chiqildi.

🔵O‘rganish jarayonida bozorda asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining yetarli bo‘lishi, ularning zaxiralarini muntazam to‘ldirib borish va narxlarning asossiz ravishda oshishiga yo‘l qo‘ymaslik muhimligi ta’kidlandi. Shu bilan birga, mahsulotlarning sifati, saqlanish sharoitlari va savdo jarayonlarida sanitariya talablariga rioya etishga alohida e’tibor qaratish zarurligi qayd etildi.

🔵Deputat tomonidan bozor mas’ullariga aholining kundalik ehtiyojidan kelib chiqqan holda oziq-ovqat mahsulotlari ta’minotini uzluksiz tashkil etish, zaxiralarni yetarli darajada saqlash va narx-navo barqarorligini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2