Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
MUSIQA VA SAN’AT MAKTABLARINING KADRLAR SALOHIYATI VA ISTE’DODLI YOSHLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

#SAVOL_JAVOB #19_1_Modda_ijrosi

❗️ MUSIQA VA SAN’AT MAKTABLARINING KADRLAR SALOHIYATI VA ISTE’DODLI YOSHLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Jamila Shermuxammedova Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Bahromov Begzod Bahromovichga musiqa va san’at maktablarini malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash hamda iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan savol yo‘lladi.

🗣 SAVOL: Deputat Jamila Shermuxammedova musiqa va san’at maktablarida pedagog kadrlar bilan ta’minlanganlik darajasi, yosh mutaxassislarni jalb etish, ularning malakasini oshirish hamda iste’dodli o‘quvchilarni aniqlash, qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish borasida qanday ishlar amalga oshirilayotgani yuzasidan Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Begzod Bahromovga savol yo‘lladi.

🔺 JAVOB: Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Begzod Bahromov Chilonzor tumanidagi 15-son bolalar musiqa va san’at maktabi faoliyati misolida ma’lumot berdi.

💡 Jumladan, mazkur maktabda 45 nafar o‘qituvchi faoliyat yuritayotgani, yosh mutaxassislarni jalb etish maqsadida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi hamda boshqa ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik memorandumlari imzolangani qayd etildi.

🎼 Shuningdek, maktab o‘quvchilari shahar, respublika va xalqaro miqyosdagi ko‘rik-tanlov hamda festivallarda muntazam ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egallab kelayotgani ta’kidlandi. Yuqori natijalarga erishgan o‘quvchilarni tayyorlagan pedagoglarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yilgani ma’lum qilindi.

✅ Mazkur masalalar yuzasidan musiqa va san’at ta’limi sifatini oshirish, pedagoglar salohiyatini mustahkamlash hamda yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlashning ahamiyatiga e’tibor qaratildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1