Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
Fuqarolar qabuli davomida murojaatlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 27-“G‘oziyog‘liq” saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Rasulova tomonidan “Tug‘onboshi” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi aholi qabuli tashkil etildi.

Qabul davomida fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazilib, hududdagi mavjud muammolar, aholini qiynab kelayotgan masalalar hamda ularning qonuniy yechimlari yuzasidan fikr almashildi. Fuqarolarning murojaatlari tinglanib, har bir masalani belgilangan tartibda o‘rganish va amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Jumladan, Obod yurt ko‘chasi, 62-uyda istiqomat qiluvchi, Ijtimoiy reyestrda turuvchi fuqaro G.Karimova uyining kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda yuzaga kelayotgan masala yuzasidan murojaat qildi.

Mazkur murojaat deputat tomonidan atroflicha tinglanib, masalani qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish imkoniyatlari o‘rganildi. Fuqaroga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bilan bog‘liq tartib-taomillar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.

Murojaatni ijobiy hal etish maqsadida masalani mas’ul tashkilotlar bilan birgalikda o‘rganish va zarur amaliy choralarni ko‘rish belgilandi. Fuqaroning murojaati deputat nazoratiga olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3