Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
“Tug‘onboshi” mahallasida aholi qabuli o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 27-“G‘oziyog‘liq” saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Rasulova tomonidan “Tug‘onboshi” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi aholi qabuli tashkil etildi.

Qabul davomida fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazilib, hududdagi mavjud muammolar, aholini qiynab kelayotgan masalalar hamda ularning qonuniy yechimlari yuzasidan fikr almashildi. Fuqarolarning murojaatlari tinglanib, har bir masalani tegishli tartibda o‘rganish va amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Jumladan, Qutlug‘ qadam ko‘chasi 36-uyda istiqomat qiluvchi, Kambag‘allik reyestrida turuvchi M.Qurbonova moddiy yordam olish hamda turmush o‘rtog‘ini nogironlik aravachasi bilan ta’minlash masalasida murojaat qildi.

Mazkur murojaat yuzasidan nogironlik aravachasini ajratish bo‘yicha fuqaroning turmush o‘rtog‘i tegishli ro‘yxatga kiritildi. Hozirda zarur hujjatlarni rasmiylashtirish va nogironlik aravachasini qisqa muddatlarda ajratish bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoqda.

Fuqaroning murojaati deputatlik nazoratiga olinib, masalaning amaliy yechimini ta’minlash yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengash

Slide 1 of 3