Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
“Tug‘onboshi” mahallasida aholi qabuli o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 27-“G‘oziyog‘liq” saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Rasulova tomonidan “Tug‘onboshi” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi aholi qabuli tashkil etildi.

Qabul davomida fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazilib, hududdagi mavjud muammolar, aholini qiynab kelayotgan masalalar hamda ularning qonuniy yechimlari yuzasidan fikr almashildi.

Fuqarolarning murojaatlari tinglanib, har bir masalani tegishli tartibda o‘rganish va amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Jumladan, Parpashabof ko‘chasi 165/23-uyda istiqomat qiluvchi II guruh nogironligi bo‘lgan fuqaro M.Rasulova uyini ta’mirlash uchun mablag‘ ajratilgani, biroq hozirgi kunga qadar ta’mirlash ishlari amalga oshirilmaganligi yuzasidan murojaat qildi.

Mazkur murojaat deputat tomonidan o‘rganilib, masalani ijobiy hal etish maqsadida tegishli mas’ul tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborish kelishib olindi.

Murojaatning ijrosi va ko‘tarilgan masalaning amaliy yechimi deputatlik nazoratiga olinadi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4