Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Bog‘iston» mahallasida profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Bog‘bonlar yurti» mahallasidagi 19-sonli MTTda o‘rganish olib borildi
янв.21
«Mustaqillik» mahallasida profilaktik o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
«Kelajak markazi»da faoliyat samaradorligini oshirish masalalari o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiyalarning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Mustaqillik” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bog‘chadagi shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi
янв.21
4-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
«Zarbdor» mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala hamda deputatga biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
“Moxirlar” mahallasidagi Soxil ko‘chasini asfaltlashtirish masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

#deputat_soʻrovi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ “Moxirlar” mahallasidagi Soxil ko‘chasini asfaltlashtirish masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Davronbek Ravshanbekov tomonidan Yashnobod tumani “Mohirlar” mahallasidagi Sohil ko‘chasiga asfalt qoplamasi yotqizish masalasi yuzasidan Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari — Uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i O. Muminov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

📍 Deputatlik so‘roviga joriy yilning 17-sentabr kuni Yashnobod tumanidagi “TAShISTI”, “Mohirlar” va “Uchchinor” mahalla fuqarolar yig‘inlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masala asos bo‘lgan.

🔺 O‘rganish davomida “Mohirlar” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan Soxil ko‘chasida 2025-yilda ichimlik suvi tarmog‘i o‘tkazilgani, biroq mazkur ishlar yakunlanganidan so‘ng bugungi kunga qadar yo‘lga asfalt qoplamasi yotqizilmagani ma’lum qilingan.

📁 Fuqarolarning ta’kidlashicha, yo‘l qoplamasining tiklanmagani hududda yashovchi aholi uchun kundalik harakatlanishda qator noqulayliklarni yuzaga keltirmoqda. Shu sababli ichimlik suvi tarmog‘i o‘tkazilganidan keyin yo‘lning holatini tiklash va asfaltlashtirish zarurati ko‘tarilgan.

🔎 Shu munosabat bilan deputat Davronbek Ravshanbekov tomonidan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 8-moddalariga asosan Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari — Uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i O. Muminovdan “Mohirlar” MFY Sohil ko‘chasidagi mavjud holatni tegishli mutaxassislar ishtirokida o‘rganib chiqish so‘ralgan.

🛣 Shuningdek, o‘rganish natijalaridan kelib chiqib, Sohil ko‘chasining ichimlik suvi tarmog‘i o‘tkazilgan qismiga asfalt qoplamasi yotqizish masalasini ko‘rib chiqish va zarur choralarni belgilash deputatlik so‘rovida alohida qayd etilgan.

📩 Mutasaddi tashkilot rahbaridan mazkur masala yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha 10 kun muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish ham so‘ralgan.

🤝 “Mohirlar” mahallasidagi Sohil ko‘chasining yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, ichimlik suvi tarmog‘i o‘tkazilganidan so‘ng yo‘l qoplamasini tiklash va fuqarolar uchun qulay harakatlanish sharoitini yaratishga qaratilgan mazkur masala deputat Davronbek Ravshanbekov tomonidan nazoratga olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1