Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Bog‘iston» mahallasida profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Bog‘bonlar yurti» mahallasidagi 19-sonli MTTda o‘rganish olib borildi
янв.21
«Mustaqillik» mahallasida profilaktik o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
«Kelajak markazi»da faoliyat samaradorligini oshirish masalalari o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiyalarning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Mustaqillik” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bog‘chadagi shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi
янв.21
4-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
«Zarbdor» mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala hamda deputatga biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
Rohat mahallasida ijtimoiy reyestrdagi oilalar holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.Mirzayev tomonidan 9-Vatan saylov okrugiga qarashli “Rohat” mahallasida ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning yashash sharoiti, bandligi va daromad manbalari manzilli o‘rganildi.

O‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — barqaror ish o‘rinlarini yaratish, mehnatga layoqatli fuqarolar bandligini ta’minlash, oilalarning doimiy daromad manbalarini shakllantirish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy natijadorligini baholashdan iborat bo‘ldi.

Deputat va mahalla raisi ishtirokida mahalladagi ijtimoiy reyestrda qayd etilgan kambag‘al hamda kambag‘allik chegarasidagi oilalarning holati xonadonbay o‘rganilib, ularni qiynayotgan muammolar, mavjud imkoniyatlar va ehtiyojlar tahlil qilindi.

Xonadonlardan birida istiqomat qiluvchi R.Yusupov bedana parrandachiligini yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, faoliyatini kengaytirish maqsadida 20 million so‘m miqdorida kredit olish masalasida amaliy yordam so‘radi. Mazkur murojaat deputatning ko‘cha aylanish daftariga qayd etilib, deputatlik nazoratiga olindi.

O‘rganishlar davomida oilalarni faqat ijtimoiy yordam bilan qo‘llab-quvvatlash emas, balki ularning daromad topish imkoniyatlarini kengaytirish, mehnatga layoqatli fuqarolarni doimiy ish bilan ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish va tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Aniqlangan muammolarni bartaraf etish, oilalarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning manzilliligini ta’minlash va ularni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.

Deputatlik nazorati doirasidagi bunday manzilli o‘rganishlar oilalarning real ehtiyojlarini aniqlash, mavjud muammolarni joyida hal etish va fuqarolarning barqaror daromad manbalarini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlarning ijrosini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4