Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bog‘iston” mahallasida hududni obodonlashtirish va tadbirkorlik loyihalari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvda ta’lim va tarbiya masalalari muhokama qilindi
янв.21
“Karmaki” mahallasida aholi bandligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Qiziriq tumani sport maktabidagi mavjud holat o‘rganildi
янв.21
«Zartepa» mahallasida infratuzilma va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputatga biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlik masalalari o‘rganildi
янв.21
«Mustaqillik» mahallasida «Yangi O‘zbekiston qiyofasi» yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o'rganildi
янв.21
«Mustaqillik» mahallasidagi 14-sonli MTT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi
IJTIMOIY REYESTRDAGI OILA HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani Kengashi deputati Mo‘minov Neʼmatjon Po‘latovich tomonidan Nukus mahallasida istiqomat qiluvchi, ijtimoiy reyestrda ro‘yxatda turgan fuqaro Yu.X.ning oilaviy va ijtimoiy holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida oila aʼzolarining ehtiyojlari atroflicha o‘rganilib, ular tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Zarur dori-darmon vositalari yetkazib berildi.

Shuningdek, oila boshlig‘i doimiy ish bilan taʼminlandi. Oila aʼzosi X.R terapiya bo‘limiga bepul davolanish uchun joylashtirildi.

Mazkur oilaga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy va tibbiy yordamlarning davomiyligi hamda oiladagi mavjud masalalarning ijobiy hal etilishini taʼminlash maqsadida deputat tomonidan oila doimiy nazoratga olindi.

Bunday amaliy ishlar ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarni manzilli qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini joyida o‘rganish va aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirishga qaratilgan.