Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Bog‘iston» mahallasida profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Bog‘bonlar yurti» mahallasidagi 19-sonli MTTda o‘rganish olib borildi
янв.21
«Mustaqillik» mahallasida profilaktik o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
«Kelajak markazi»da faoliyat samaradorligini oshirish masalalari o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiyalarning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Mustaqillik” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bog‘chadagi shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi
янв.21
4-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
«Zarbdor» mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala hamda deputatga biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
CHORVACHILIKDA NASLCHILIK YO‘NALISHI O‘RGANILDI

 🇺🇿CHORVACHILIKDA NASLCHILIK YO‘NALISHI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari tumani Kengashi raisi D.Safarova hamda xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri O'.Rajabovlar deputat sifatida mahalla yettiligi vakillari bilan birgalikda hududda chorvachilik yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Shuningdek, chorvachilikni rivojlantirish va naslchilik ishlarini tashkil etishda amaldagi qonunchilik talablariga rioya etish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining “Naslchilik to‘g‘risida”gi Qonuni, 165-I-son, 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan hujjat mazmun-mohiyati o‘rganilib, unda belgilangan talablar asosida hududdagi mavjud holat yuzasidan hamkorlikda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi xonadonlarda naslli chorva mollarini ko‘paytirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, chorva mahsuldorligini oshirish hamda aholining daromadlarini ko‘paytirishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, chorvachilik va naslchilik yo‘nalishidagi ishlarni yanada rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikdagi ishlar belgilab olindi.

O‘rganish ishlari olib borildi, mavjud holat o‘rganildi va yakunlandi.