Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Bog‘iston» mahallasida profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Bog‘bonlar yurti» mahallasidagi 19-sonli MTTda o‘rganish olib borildi
янв.21
«Mustaqillik» mahallasida profilaktik o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
«Kelajak markazi»da faoliyat samaradorligini oshirish masalalari o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiyalarning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Mustaqillik” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bog‘chadagi shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi
янв.21
4-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
«Zarbdor» mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala hamda deputatga biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#19_1_modda
#kotibiyat_mudiri
#deputat_faoliyati

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: Bektepa kichik va yoshlar sanoat zonasi faoliyati o‘rganildi

🫥Bandixon tumanida sanoat salohiyatini yuksaltirish, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga keng yo‘l ochish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish orqali aholi farovonligini ta’minlash borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.

🫥Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 2-Bektepa saylov okrugi deputati B.Yo‘ldoshev hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev "Bektepa" mahallasida joylashgan Bektepa kichik va yoshlar sanoat zonasida bo‘lib, ishlab chiqarish loyihalarining borishi va infratuzilma holati bilan tanishdilar.

🫥Monitoring jarayonida sanoat zonasida faoliyat olib borayotgan mebel ishlab chiqarish hamda avtomobillar uchun chexol va pol qoplamalari tayyorlash korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlari, ishchi-xodimlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari va ularning kelajakdagi eksport hamda kengayish rejalari atroflicha o‘rganildi.

🫥Shuningdek, deputatlar tomonidan sanoat zonasidagi kommunal-infratuzilma tarmoqlarining holati tahlil qilinib, tadbirkorlarga amaliy yordam ko‘rsatish hamda hududni yanada rivojlantirish yuzasidan soha mas’ullariga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 4