Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Yangi O‘zbekiston qiyofasi» doirasida hududdagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi ishlar holati o‘rganildi
янв.21
“Oqjar” mahallasida “Yangi O‘zbekiston qiyofasi” yo‘nalishida o‘rganish olib borildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLARNING MAHALLALARDAGI FAOLIYATINI KUCHAYTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
18-sonli MTT faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Kunchiqish» mahallasida «Yangi O‘zbekiston qiyofasi» yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
«Yangi O‘zbekiston qiyofasi» doirasida hududdagi obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
“Yangi hayot” mahallasida obodonlashtirish va tozalik masalalariga e’tibor qaratildi
🔽JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH — DEPUTATLIK NAZORATI E’TIBORIDA

🔽JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH — DEPUTATLIK NAZORATI E’TIBORIDA

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R. Murodov hamkorligida “Mustaqillik” mahallasida jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklarni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati muhokama qilindi.
📌O‘rganish va muhokama jarayonida mahallada osoyishtalikni ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, muammoli va nazoratga muhtoj fuqarolar bilan manzilli ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📌Shuningdek, jinoyatchilikning kelib chiqishiga sabab bo‘layotgan omillarni barvaqt aniqlash, aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlarini kuchaytirish hamda profilaktik tadbirlarni tizimli tashkil etish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
📌Muhokama davomida aniqlangan masalalar bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, mahallada jinoyatchilikning oldini olish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish, mavjud muammolarni manzilli hal etish hamda deputatlik nazoratini izchil davom ettirish belgilandi.
📌Asosiy maqsad — mahallada tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda jinoyatchilikka sabab bo‘luvchi omillarning oldini olishdir.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 5