Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Yangi O‘zbekiston qiyofasi» doirasida hududdagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi ishlar holati o‘rganildi
янв.21
“Oqjar” mahallasida “Yangi O‘zbekiston qiyofasi” yo‘nalishida o‘rganish olib borildi
янв.21
«Kunchiqish» mahallasida «Yangi O‘zbekiston qiyofasi» yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLARNING MAHALLALARDAGI FAOLIYATINI KUCHAYTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
18-sonli MTT faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangi O‘zbekiston qiyofasi» doirasida hududdagi obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
“Yangi hayot” mahallasida obodonlashtirish va tozalik masalalariga e’tibor qaratildi
🔰KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH – DEPUTATLIK NAZORATIDA

🔰KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH – DEPUTATLIK NAZORATIDA

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R. Murodov hamkorligida “Mustaqillik” mahallasida aholini kambag‘allikdan chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
➡️O‘rganish davomida mahallada kambag‘allikni qisqartirish, oilalarning doimiy daromad manbalarini shakllantirish, bandligini ta’minlash hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
➡️Shuningdek, hokim yordamchisi tomonidan aholining bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, imtiyozli kredit va boshqa imkoniyatlardan foydalanishiga ko‘maklashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
➡️Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilarga vazifalar belgilab berilib, kam ta’minlangan oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha ishlarni yanada kuchaytirish, har bir oilaning muammosiga individual yondashish va natijadorlikni ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.
➡️Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar aholi farovonligini oshirish va mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga xizmat qiladi.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 6