Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
XONADONLARDA AHOLI BANDLIGI VA DAROMAD MANBALARI O‘RGANILISHI DAVOM ETMOQDA

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati, shahar hokimi Nurali Jo‘rayev mahallalarda aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish hamda fuqarolarning daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish maqsadida Marmarobod mahallasidagi xonadonlarga kirib, oilalarning yashash sharoiti, bandlik holati va daromad manbalarini bevosita o‘rgandi.

O‘rganish davomida ishsiz fuqarolarni bandlikka jalb etish, xonadonlarda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish orqali oilalar daromadini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan muammo va takliflar tinglanib, ularni hal etish hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 6