Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
“Temiryo‘lchi” mahallasida aholi takliflari — deputatlik nazoratida!
Aholi bilan bevosita muloqot qilish, fuqarolarning taklif va tashabbuslarini tinglash hamda hududdagi muammolarga amaliy yechim topish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Shu doirada, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 1-“Temiryo‘lchi” saylov okrugi deputati X.Fayzullayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamurshukurov “Temiryo‘lchi” mahallasida bo‘lib, fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar.

Muloqot davomida mahalla aholisi hududni yanada obod, toza va shinam qilish yuzasidan qator takliflarni bildirdi. Jumladan:

mahalla ichki ko‘chalarida sanitariya va tozalikni yaxshilash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish;

bo‘sh yer maydonlarini ko‘kalamzorlashtirish, manzarali daraxt va gullar ekish;

piyodalar yo‘laklarini ta’mirlash, tungi yoritish tizimini yaxshilash;

bolalar o‘yingohlarini tartibga keltirish va aholi uchun qulay sharoitlar yaratish.

Bildirilgan takliflarni amaliyotga tatbiq etish maqsadida shahar Obodonlashtirish boshqarmasi hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli chora-tadbirlarni belgilash, zarur hollarda esa deputatlik so‘rovlarini kiritish rejalashtirildi.

Obod mahalla — xalq tashabbusi va hamjihatlikdan boshlanadi!

Aholining har bir taklifi — hudud rivoji uchun muhim tashabbus. Deputatlik nazorati doirasida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarning amaliy yechimini ta’minlashga alohida e’tibor qaratiladi.