Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Bog‘bonlar yurti» mahallasidagi 19-sonli MTTda o‘rganish olib borildi
янв.21
«Bog‘iston» mahallasida profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Mustaqillik» mahallasida profilaktik o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
«Kelajak markazi»da faoliyat samaradorligini oshirish masalalari o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiyalarning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Mustaqillik” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bog‘chadagi shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi
янв.21
4-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
«Zarbdor» mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala hamda deputatga biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
O‘rganish

“Sortepa” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro S. Esonovaning viloyat hokimining sayyor qabulida bildirgan murojaatini o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi tomonidan tegishli soha rahbarlaridan iborat ishchi guruh tuzildi.

Ishchi guruh a’zolari fuqaroning xonadoniga borib, murojaatda ko‘rsatilgan masalalarni joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rgandilar. O‘rganish jarayonida mavjud holat, muammoning kelib chiqish sabablari hamda uni bartaraf etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilot va soha rahbarlariga muammoni qonuniy tartibda hal etish, fuqaroning murojaatida ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish yuzasidan tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

O‘rganish jarayonida tuman Kengashi kotibiyati mudiri G.Tursunova va hudud deputati N.Muxiddinovalar ham ishtirok etdi. Murojaatning ijrosi hamda ko‘tarilgan masalalarning amaliy yechimi nazoratga olindi.

Slide 1 of 6