Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Bog‘iston» mahallasida profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Bog‘bonlar yurti» mahallasidagi 19-sonli MTTda o‘rganish olib borildi
янв.21
«Kelajak markazi»da faoliyat samaradorligini oshirish masalalari o‘rganildi
янв.21
“Mustaqillik” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Mustaqillik» mahallasida profilaktik o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Doimiy komissiyalarning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Bog‘chadagi shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi
янв.21
«Zarbdor» mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Zarbdor” mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala hamda deputatga biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
“O‘rmonbog‘” mahallasida davlat tili talablariga rioya etilishi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda shahar hokimining maslahatchisi D.Alimova bilan hamkorlikda “O‘rmonbog‘” mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrdagi 167-I-son “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi Qonuni talablariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida “Mahalla yettiligi” a’zolari tomonidan hujjatlarning yuritilishi, ish jarayonida davlat tilidan foydalanilishi hamda mahalla hududidagi peshlavha va yozuvlarning qonunchilik talablariga muvofiqligi ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, hujjatlarni davlat tilida rasmiylashtirish, yozuvlarda adabiy til va imlo me’yorlariga amal qilish, shuningdek, davlat tilining amaliyotda to‘g‘ri qo‘llanilishiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida davlat tiliga oid qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish, hujjat yuritish hamda peshlavha va yozuvlarni belgilangan me’yorlarga muvofiqlashtirish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3