Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Doimiy_komissiya_faoliyatidan
#Haftalik_ish_reja_ijrosi

Ta’lim muassasasidagi sharoitlar va muammolar o‘rganildi


Sherobod tumani prokurori J. Kenjayev hamda tuman hokimi o‘rinbosari A. Pirmatov hamda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi qoidalari masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, 21-“G‘urjak” saylov okrugi deputati Z.Eshmurodova 7-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, ta’lim muassasasining bugungi holati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida maktabda o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi uchun yaratilgan imkoniyatlar, sinfxonalarning holati, moddiy-texnik ta’minot, maktab hududidagi obodonlashtirish ishlari hamda ta’lim jarayonining tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratildi.

Mavjud holat tahlil qilinib, aniqlangan masalalarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga zarur ko‘rsatmalar berildi. Belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar yuklatildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 5