Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Bog‘iston» mahallasida profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Mustaqillik” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Mustaqillik» mahallasida profilaktik o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
«Kelajak markazi»da faoliyat samaradorligini oshirish masalalari o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiyalarning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
«Bog‘bonlar yurti» mahallasidagi 19-sonli MTTda o‘rganish olib borildi
янв.21
Bog‘chadagi shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi
янв.21
4-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
«Zarbdor» mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala hamda deputatga biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
MUROJAAT ASOSIDA CHIQINDI MUAMMOSI O‘RGANILDI

MUROJAAT ASOSIDA CHIQINDI MUAMMOSI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 13-Mehnatobod saylov okrugi deputati N. Ilmurodova saylangan Navro‘z MFY hududidagi eski madaniyat binosi yonida chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqilmay, to‘planib qolgani yuzasidan ijtimoiy tarmoq orqali murojaat kelib tushdi.

Murojaatda hududdagi chiqindilar sabab noxush hidlar tarqalayotgani, shamolli kunlarda chiqindilar atrofga sochilib, aholi uchun noqulaylik tug‘dirayotgani bildirilgan.

Mazkur murojaat yuzasidan tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Avliyakulov joyiga chiqqan holda, Ekopolitsiya Termiz tuman bo‘limi boshlig‘i I. Xayitov, Navro‘z MFY raisi X. Naimov hamda tuman madaniyat bo‘limi rahbari ishtirokida holatni o‘rgandi.

O‘rganish davomida mas’ullarga hududdagi chiqindilarni belgilangan tartibda olib chiqish va hududni tozalash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, Ekopolitsiya Termiz tuman bo‘limi tomonidan mazkur hudud belgilangan tartibda tozalanishi ma’lum qilindi.

Slide 1 of 6