Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Bog‘iston» mahallasida profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Bog‘bonlar yurti» mahallasidagi 19-sonli MTTda o‘rganish olib borildi
янв.21
«Mustaqillik» mahallasida profilaktik o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
«Kelajak markazi»da faoliyat samaradorligini oshirish masalalari o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiyalarning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Mustaqillik” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bog‘chadagi shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi
янв.21
4-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
«Zarbdor» mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala hamda deputatga biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
#Deputatlik_nazorati

#Deputatlik_nazorati

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati Poyon Bakirov hamda Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 3-Gilambob saylov okrugi deputati R. Mavlonova tomonidan hamkorlikda deputatlik nazorati olib borildi.

O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri M. Yarmatov ham ishtirok etdi.Deputatlik nazorati doirasida Angor tumanidagi 16-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Open Budget” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan qo‘shimcha bino qurilish ishlari ko‘zdan kechirildi.

Mazkur qo‘shimcha bino 180 o‘rinli bo‘lib, uning qurilishi orqali maktabda ta’lim olish uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash, o‘quvchilar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish hamda ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.

O‘rganish davomida qurilish ishlarining borishi, bajarilayotgan ishlarning sifati hamda belgilangan talablar asosida amalga oshirilishi holatiga alohida e’tibor qaratildi.
Deputatlik nazorati orqali hududlarda amalga oshirilayotgan loyihalarning samaradorligi va xalq manfaatlariga xizmat qilishi ta’minlanishi ustuvor vazifa sifatida belgilandi.

Slide 1 of 1