Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala

#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala #_kotibiyat_xodimi_faoliyati
#kunlik_ish_reja_ijrosi
#_Yoshlar_maslahat_guruhining_faoliyati
Yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar — deputat va “Yoshlar maslahat guruhi” e’tiborida


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining “20-So‘fiyon” saylov okrugidan saylangan deputat T.Mirzaev, tuman Kengashi huzuridagi “Yoshlar maslahat guruhi” rahbari D.Sattorov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Xamdamova tomonidan “Shirin” mahallasida yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoit va imkoniyatlarni o‘rganish yuzasidan monitoring ishlari olib borildi.
 O‘rganish jarayonida tuman Kengashining 2026 yilga mo‘ljallangan ish rejasining 5–7-bandlari ijrosi, xususan, mahallada yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, mahalladagi sport yo‘nalishlari, mavjud sport inshootlari va ularning moddiy-texnika bazasi o‘rganilib, yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlarga baho berildi.

O‘rganish davomida yoshlar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning taklif va muammolari tinglandi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Bunday o‘rganishlar yoshlar bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, ularning muammolarini joyida aniqlash va hal etish, shuningdek, yosh avlod uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2