Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
#deputatlik_nazorati #ijtimoiy_ko'mak #bandlik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash joylarda masalaga chuqur va individual yondashuvni talab etmoqda.
Ushbu ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda, Olmaliq shahridagi "Cho'lpon" mahallasida Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi Kotibiyati mudiri Sevara Qodirova hamda mahalla "yettiligi" hamkorligida xonadonbay o‘rganishlar tashkil etildi.

🔍 O‘rganish jarayonida nimalarga e’tibor qaratildi?
Kambag‘allik reestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlariga bevosita tashrif buyurildi;
Har bir oilaning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, turmush sharoiti va moddiy ta'minoti xolis ko‘rib chiqildi;
Fuqaroning muhtojlik darajasiga tushib qolishining tub sabablari (ishsizlik, salomatlik muammolari, kasb-hunar va daromad manbalarining yo‘qligi va h.k.) har taraflama tahlil qilindi;
Oilalarga manzilli va samarali yordam ko‘rsatish bo‘yicha yakuniy xulosalar shakllantirildi;
Aniqlangan muammolar va kamchiliklar deputatning ko'chama-ko'cha jurnaliga kiritilib, ijroga olindi.

📊 Navbatdagi qadam: Tashriflar va tahlillar natijasida to‘plangan ma’lumotlar atroflicha muhokama qilish hamda amaliy chora-tadbirlar rejasini belgilash uchun Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining tegishli doimiy komissiyasiga taqdim etildi.

Slide 1 of 4