35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Gulzor” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
32-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga maktab kiyimlari topshirildi
янв.21
“Zarobod” saylov okrugidagi 6-son MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
41-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
36-maktabda o'rganish olib borildi
янв.21
“Yangiobod” mahalla idorasini ta’mirlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
“Yangikent” mahallasidagi maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
“Zarbdor” mahallasidagi ishlar holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Reglament va deputatlik odobi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishga doimiy komissiya raisi M.Mirzayev raislik qildi. Unda Kengash kotibiyati mudiri A.Ermatov, doimiy komissiya a’zolari, Kengash huzuridagi Ekspert-maslahat guruhi hamda Yoshlar maslahat guruhi vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida mahalliy Kengash deputatlarining faoliyatini yanada samarali tashkil etish, deputatlik vakolatlarini amalga oshirishda belgilangan tartib va me’yorlarga rioya etish, shuningdek, deputatlik odobi tamoyillariga amal qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ta’kidlanganidek, deputatlik faoliyatida qonuniylik, mas’uliyat, xolislik va fuqarolar manfaatlariga sodiqlik muhim o‘rin tutadi. Shu bois deputatlarning Kengash sessiyalari, doimiy komissiyalar yig‘ilishlari hamda boshqa tadbirlardagi ishtirokini belgilangan reglament asosida tashkil etish bilan bir qatorda, deputatlik odobi va muomala madaniyatiga rioya etish ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Yig‘ilishda, shuningdek, doimiy komissiya faoliyatini yanada takomillashtirish, deputatlarning o‘z vakolatlaridan samarali foydalanishini ta’minlash hamda Kengash faoliyatida ochiqlik va hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

Ekspert-maslahat guruhi hamda Yoshlar maslahat guruhi vakillarining ishtiroki esa muhokamalarda turli nuqtayi nazar va takliflarni inobatga olish, ayniqsa, yoshlarning fikr-mulohazalarini mahalliy Kengash faoliyatiga kengroq jalb etish imkonini berdi.

Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli fikr va takliflar umumlashtirilib, kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 5