35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Gulzor” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
32-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga maktab kiyimlari topshirildi
янв.21
“Zarobod” saylov okrugidagi 6-son MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
41-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
36-maktabda o'rganish olib borildi
янв.21
“Yangiobod” mahalla idorasini ta’mirlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
“Yangikent” mahallasidagi maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
“Zarbdor” mahallasidagi ishlar holati o‘rganildi
Shayxontohur tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganilib, amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi

#kotibiyat_faoliyati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Shayxontohur tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganilib, amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi Raisining 2026-yil 13-maydagi 29-14-0-F/26-son farmoyishi ijrosi doirasida Toshkent shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Muzaffar Yusubov tomonidan Xalq deputatlari Shayxontohur tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganilib, mas’ullarga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi.

📝 Unda deputatlar faoliyati, yig‘ma jildlar, kotibiyatda ish yuritish va ijro intizomi, sessiyalar hamda doimiy komissiyalar faoliyati, deputatlik so‘rovlari, saylov okruglaridagi o‘rganishlar va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati tahlil qilindi.

📊 Tuman Kengashida 25 ta deputatlik o‘rni mavjud. Uchinchi chaqiriqda 34 ta sessiya o‘tkazilib, 367 ta Kengash qarori qabul qilingan. Deputatlar tomonidan yuborilgan 45 ta deputatlik so‘rovining 40 tasiga javob olingan, 5 tasi ijro jarayonida.

🔎 Shuningdek, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ-836-IV va KQ-710-IV-son qarorlari ijrosi, Kengash va doimiy komissiyalarning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejalari, elektron ish yuritish hamda deputatlik nazoratini tashkil etish holati ko‘rib chiqildi.

🔺 Kengash faoliyatining jamoatchilikka yoritilishi ham o‘rganildi. 2026-yil avgust oyida Kengash faoliyatiga oid 189 ta post ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan bo‘lib, deputatlarning hududlardagi ishlari va ularning amaliy natijalarini yanada keng yoritish tavsiya etildi.

🗣 Alohida e’tibor deputatlar faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi, “Ko‘chama-ko‘cha deputatlik daftarlari”ni sifatli yuritish, biriktirilgan qonunlar ijrosini o‘rganish, deputatlar va tegishli tashkilotlar hamkorligini kuchaytirish hamda hududlardagi muammolarni o‘z vaqtida deputatlik nazoratiga olish masalalariga qaratildi.

📍 Yakunda tuman Kengashi va kotibiyati faoliyatini yanada takomillashtirish, deputatlar faolligi va nazorat ta’sirchanligini oshirish, sessiyalar hamda doimiy komissiyalar ishini tizimli tashkil etish, ijro intizomini mustahkamlash va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli amaliy-uslubiy tavsiya va tushuntirishlar berildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 4