35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Gulzor” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
32-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangikent” mahallasidagi maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
“Zarbdor” mahallasidagi ishlar holati o‘rganildi
янв.21
“Zarobod” saylov okrugidagi 6-son MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
36-maktabda o'rganish olib borildi
янв.21
“Yangiobod” mahalla idorasini ta’mirlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
41-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga maktab kiyimlari topshirildi
KENGASH RAISI “MAHALLA YETTILIGI” BILAN UCHRASHIB, KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH MASALALARINI MUHOKAMA QILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 14-“Cho‘qqayma” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi raisi Dadamatov Faxriddin Janobovich tomonidan “Chinorbuloq” MFYda “mahalla yettiligi” bilan uchrashuv o‘tkazildi.Uchrashuvda mahallada aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.Alohida e’tibor kambag‘al va kambag‘allik chegarasidagi oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, ularning daromad manbalarini shakllantirish,bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikka jalb etish orqali oilalarning iqtisodiy imkoniyatlarini oshirish masalalariga qaratildi.Shuningdek, “mahalla yettiligi” tomonidan har bir oilaning mavjud imkoniyatlari va ehtiyojlaridan kelib chiqib manzilli ishlash, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligini ta’minlash hamda aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.Uchrashuv yakunida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va oilalarning daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlarni kuchaytirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va vazifalar belgilandi.Mazkur yo‘nalishdagi ishlarning ijrosi deputatlik nazorati doirasida kuzatib boriladi.  

Slide 1 of 5