35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Gulzor” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
32-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga maktab kiyimlari topshirildi
янв.21
“Zarobod” saylov okrugidagi 6-son MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
41-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
36-maktabda o'rganish olib borildi
янв.21
“Yangiobod” mahalla idorasini ta’mirlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
“Yangikent” mahallasidagi maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
“Zarbdor” mahallasidagi ishlar holati o‘rganildi
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Mavlonkulov tomonidan saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar hamda aholidan kelib tushgan murojaatlar asosida navbatdagi "deputatlik so‘rovi" yuborildi.

Uchrashuv davomida Qo‘qon shahar “Uzumzor” mahalla fuqarolar yig‘ini, Oq yo‘l ko‘chasi, 107-uyda yashovchi, ijtimoiy reestrga olingan fuqaro M.Egamnazarov tomonidan uy-joy sharoiti bilan bog‘liq muammo ko‘tarildi.

Fuqaroning murojaatida mazkur turar joy binosining moddiy-texnik holati nihoyatda abgor ekanligi, uyni mukammal yoki joriy ta’mirlashga oilaning iqtisodiy imkoniyati yetmasligi sababli amaliy yordam berish so‘ralgan.

Aholi murojaatini inobatga olgan holda, deputat M.Mavlonkulov tomonidan Qo‘qon shahar «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi direktori J.Mirzaevga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida “Uzumzor” MFY, Oq yo‘l ko‘chasi, 107-uyda yashovchi oilaning ijtimoiy ahvolini va uyning ta’mirtalablik darajasini markaz mas’ullari ishtirokida joyiga chiqqan holda chuqur o‘rganish, shuningdek, ta’mirlash ishlarini ijtimoiy himoya dasturlari hamda «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirish choralarini ko‘rish bo‘yicha asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, deputatlik so‘roviga qonunchilikda belgilangan tartibda javob taqdim etiladi hamda murojaat yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar va natijalar haqida qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2