35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Gulzor” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
32-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga maktab kiyimlari topshirildi
янв.21
“Zarobod” saylov okrugidagi 6-son MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
41-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
36-maktabda o'rganish olib borildi
янв.21
“Yangiobod” mahalla idorasini ta’mirlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
“Yangikent” mahallasidagi maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
“Zarbdor” mahallasidagi ishlar holati o‘rganildi
Kambag‘allikdan farovonlik sari — amaliy qadamlar

🔰Kambag‘allikdan farovonlik sari — amaliy qadamlar

📍 Jondor tumanida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida ko‘rgazmali yarmarka tashkil etildi.
Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, oilalar uchun doimiy va barqaror daromad manbalarini yaratish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.
Shu maqsadda Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati, tuman hokimi J. Xudoyev tomonidan hamkor tashkilotlar va tijorat banklari bilan birgalikda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida navbatdagi amaliy tadbir — ko‘rgazmali yarmarka o‘tkazildi.
🤝 Yarmarkada ehtiyojmand va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga o‘z xonadonida mehnat qilish, oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda dehqonchilik faoliyatini rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan vositalar namoyish etildi.
Ayniqsa, fuqarolarga qulay va imtiyozli shartlar asosida uy-ro‘zg‘or hamda dehqonchilikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi uskunalar va boshqa zarur vositalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
💼 Tadbirning asosiy maqsadi — fuqarolarga shunchaki yordam ko‘rsatish emas, balki ularni daromad topishga, o‘z mehnati orqali oilaviy farovonligini oshirishga yo‘naltirishdan iborat.
📈 Bunday amaliy tashabbuslar natijasida aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka keng jalb etish, oilalarning daromadlarini oshirish va hududda kambag‘allikni qisqartirishga xizmat qiluvchi yangi imkoniyatlar yaratilmoqda.
Kambag‘allikdan farovonlik sari — bu, avvalo, insonning mehnati, tashabbusi va o‘z imkoniyatiga bo‘lgan ishonchini qo‘llab-quvvatlashdir.

Slide 1 of 5