35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Zarobod” saylov okrugidagi 6-son MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
32-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Yangikent” mahallasidagi maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
“Zarbdor” mahallasidagi ishlar holati o‘rganildi
янв.21
41-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahalla idorasini ta’mirlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
36-maktabda o'rganish olib borildi
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga maktab kiyimlari topshirildi
янв.21
Ta’lim muassasasidagi mavjud holat deputatlar e’tiborida
#munosabat

Prezident Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sirdaryo viloyatida yangi obyektlarni ishga tushirish marosimida aytgan fikrlari o‘tmishimizga teran nazar tashlash, bugungi taraqqiyotning qadriga yetish va kelajak oldidagi mas’uliyatimizni chuqur anglashga undaydi.

Davlatimiz rahbarining “Siyosiy iroda yo‘qligidan hammamiz haqiqatda paxtaga qul edik” degan fikrlari sobiq tuzum davrida xalqimiz boshidan kechirgan og‘ir mehnat sharoitlarini yodga soladi. O‘sha davrda yurtimizning iqtisodiy va ijtimoiy hayoti biryoqlama siyosatga bo‘ysundirilgani, inson manfaatlari esa ko‘pincha ikkinchi o‘ringa tushib qolgani tarixiy haqiqatdir.

Bugun esa O‘zbekiston o‘z taraqqiyot yo‘lini mustaqil belgilayotgan, inson qadri va manfaatlarini davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylantirgan mamlakat sifatida rivojlanmoqda. Yangi korxonalar, zamonaviy infratuzilma va ijtimoiy obyektlarning barpo etilishi xalqimiz uchun yaratilayotgan imkoniyatlarning amaliy ifodasidir.

Deputat sifatida ta’kidlamoqchimanki, mustaqillikning eng katta qadri — xalqimiz o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqiga ega bo‘lganidadir. Biz tariximizni unutmasligimiz, o‘tmishdagi xatolardan saboq chiqarib, bugungi tinchlik va bunyodkorlik muhitini asrashimiz zarur.

Ayniqsa, yosh avlodga mustaqillikning mazmun-mohiyatini chuqur anglatish, ularda Vatanga daxldorlik va mas’uliyat tuyg‘usini kuchaytirish barchamizning muhim vazifamizdir.

Mustaqillik — shunchaki sana emas, balki xalqimizning erkin va munosib hayot qurish imkoniyatidir. Uni qadrlash, mustahkamlash va kelajak avlodlarga yanada farovon yurtni qoldirish har birimizning sharafli burchimizdir.

Rohila Bozorova, Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati