35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Zarbdor” mahallasidagi ishlar holati o‘rganildi
янв.21
32-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
36-maktabda o'rganish olib borildi
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga maktab kiyimlari topshirildi
янв.21
“Zarobod” saylov okrugidagi 6-son MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
41-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahalla idorasini ta’mirlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
“Yangikent” mahallasidagi maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasidagi mavjud holat deputatlar e’tiborida
#Deputat targ'ibot uchrashuvi "Madad" NNT bilan hamkorlikda targ'ibot uchrashuvi o‘tkazildi



♻️Joriy yilning 28-avgust kuni Alisher Navoiy MFY binosida Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Mirsoat Mirsodiqov shuningdek “Madad” NNT Chinoz tumani huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi Z.Q. Boqijonov ishtirokida mahalla faollari, nuroniylar va fuqarolar bilan uchrashuv tashkil etildi.

✅Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirishdan iborat bo‘ldi.

📝Uchrashuv davomida huquqshunos Z.Q. Boqijonov tomonidan yig‘ilgan fuqarolarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish asoslari, yuridik yordam olish huquqiga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar, yuridik yordam ko‘rsatiladigan ishlar toifasi hamda yuridik yordam ko‘rsatish tartibi yuzasidan batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi.

❇️Uchrashuv yakunida fuqarolardan murojaatlar bildirildi. Ushbu murojaatlar yuzasidan “Madad” NNT Chinoz tumani huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi Z.Q. Boqijonov tomonidan fuqarolarga amaliy huquqiy yordam ko‘rsatildi.

Slide 1 of 5