35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Zarbdor” mahallasidagi ishlar holati o‘rganildi
янв.21
32-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
36-maktabda o'rganish olib borildi
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga maktab kiyimlari topshirildi
янв.21
“Zarobod” saylov okrugidagi 6-son MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
41-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahalla idorasini ta’mirlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
“Yangikent” mahallasidagi maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasidagi mavjud holat deputatlar e’tiborida
MAKTABGACHA TA’LIM - KELAJAK POYDEVORI

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ta’lim tizimini rivojlantirish, ayniqsa, maktabgacha ta’lim sohasini zamonaviy talablar asosida takomillashtirishga alohida e’tibor qaratildi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarini barpo etish, mavjud bog‘chalarni rekonstruksiya qilish va ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, davlat-xususiy sheriklik asosida yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Bu esa aholining, ayniqsa, yosh oilalarning farzandlarini sifatli maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish imkoniyatini yanada kengaytirmoqda.
Bugungi kunda zamonaviy bog‘chalarda bolalarning nafaqat ta’lim olishi, balki ularning jismoniy, aqliy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda.
Zero, maktabgacha ta’lim - bolaning kelgusi ta’lim yo‘lidagi birinchi va muhim bosqichdir. Bugun barpo etilayotgan zamonaviy bog‘chalar, yaratilayotgan sharoitlar va amalga oshirilayotgan islohotlar ertangi kunning bilimli, salohiyatli va barkamol avlodini tarbiyalashga xizmat qiladi.
Mustaqillik - bunyodkorlik, taraqqiyot va yorqin kelajak sari dadil qadamlar demakdir!

Xalq deputatlari Bo‘zatov tumani Kengashi deputati Yusupova Gulxatisha Qidirbayevna