35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Gulzor” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
32-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga maktab kiyimlari topshirildi
янв.21
“Zarobod” saylov okrugidagi 6-son MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
41-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
36-maktabda o'rganish olib borildi
янв.21
“Yangiobod” mahalla idorasini ta’mirlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
“Yangikent” mahallasidagi maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
“Zarbdor” mahallasidagi ishlar holati o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashining MAHALLIY BYUDJET, TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA IQTISODIY ISLOHOTLAR BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYASI yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

XALQ DEPUTATLARI BANDIXON TUMANI KENGASHI FAOLIYATI

✅Bugun Xalq deputatlari tuman Kengashining MAHALLIY BYUDJET, TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA IQTISODIY ISLOHOTLAR BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYASI yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

✅Kun tartibidagi masala “Bandixontumangaz” gaz ta’minoti bo’limi tomonidan O'zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari to’g’irisidagi 31.05.2024 yilda 319-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirgan ishlari toʼgʼrisida “Bandixontumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi boshlig’i A.Ochildiyevning H I S O B O T I komissiya aʼzolari tomonidan muhokama qilindi.

Bandixon tumanida aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini tabiiy hamda suyultirilgan gaz bilan uzluksiz ta’minlash, kuz-qish mavsumiga pudrat va tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish borasida "Bandixontumangaz" gaz ta’minoti bo‘limining 2026-yil II chorak faoliyati yuzasidan Xalq deputatlari tuman Kengashiga hisoboti taqdim etildi.

Hisobotda ta’kidlanganidek, tumanda 2 722 ta tabiiy gaz iste’molchisi mavjud bo‘lib, ularning barchasi 2 bosqichli tizimga o‘tkazilgan. II chorak davomida 12,1 km gaz tarmoqlari tartibga keltirildi, 1 dona gaz taqsimlash qurilmasi yangisiga almashtirildi hamda 77,6 km gaz quvurlariga texnik xizmat ko‘rsatildi.

Shuningdek, hisobotda Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi deputati I.A.Xalmatovning "Gulbog‘" MFYdagi suyultirilgan gaz ta’minoti muammolari bo‘yicha yuborgan deputatlik so‘roviga munosabat bildirildi. Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 1-martidan e’tiboran suyultirilgan gaz ballonlarini tarqatish to‘liq Face ID tizimiga o‘tkazilganligi va xatlov ishlari hamda gaz to‘ldirish shoxobchasidagi texnik sabablar ortidan vaqtinchalik uzilishlar kuzatilgan.

Hozirgi kunda tuman hokimligi bilan hamkorlikda tasdiqlangan grafik asosida 22 ta mahalladagi 16 465 nafar suyultirilgan gaz iste’molchilariga gaz ballonlarini uzluksiz yetkazib berish hamda 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2