35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Gulzor” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
32-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga maktab kiyimlari topshirildi
янв.21
“Zarobod” saylov okrugidagi 6-son MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
41-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
36-maktabda o'rganish olib borildi
янв.21
“Yangiobod” mahalla idorasini ta’mirlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
“Yangikent” mahallasidagi maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
“Zarbdor” mahallasidagi ishlar holati o‘rganildi
Qonun ijrosi nazoratda

Qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi kotibiyat mudiri M. Tangriberganov Qo‘shko‘pir tumani Adliya bo‘limining Davlat xizmatlari markazida O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-803-sonli “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish olib bordi.

O‘rganish davomida Davlat xizmatlari markazida aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining sifati, tezkorligi va qonunchilik talablariga muvofiqligi, shuningdek, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish borasidagi ishlar tahlil qilindi.

Bugungi kunda Davlat xizmatlari markazi tomonidan 460 turdan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda. 2026-yilning 7 oyi davomida markaz tomonidan jami 71 506 ta davlat xizmati ko‘rsatilib, aholining huquq va manfaatlarini ta’minlash, davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish borasida muayyan ishlar amalga oshirilgan.

Xususan, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish xizmatlari hozirgi kunda kompozit xizmat shaklida yo‘lga qo‘yilgan. Bunda fuqarolarning murojaatlari asosida kadastr pasportini shakllantirish, ko‘chmas mulk obyektini foydalanishga qabul qilish hamda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq xizmatlar bir vaqtning o‘zida amalga oshirilmoqda.

Mazkur amaliyot fuqarolarning vaqtini tejash, ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olish, davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlarini soddalashtirish hamda aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 1