#kunlik_ish_reja_ijrosi
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#mahalla_yettiligi_bilan_hamkorlik
Rabotak mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 12-Rabotak saylov okrugidan saylangan deputat M.Jo‘raqulovaning saylov okrugidagi “Rabotak” mahallasida tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov tomonidan mahalla yoshlar yetakchisi hamda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, aholi bandligini ta’minlash, yoshlar bilan ishlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar tahlil qilindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Rabotak” mahallasida 1 211 ta xonadon, 1 277 ta oila va 4 972 nafar aholi istiqomat qiladi. Shuningdek, 32 nafar ishsiz fuqaro, Ijtimoiy reestrga kiritilgan 146 ta oila, migratsiyada bo‘lgan 156 nafar fuqaro hamda 4 ta ajrim yoqasidagi oila mavjudligi qayd etildi.
Mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha mas’ullar tomonidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani, mavjud muammolarni bosqichma-bosqich hal etish hamda aholi bilan manzilli ishlashga alohida e’tibor qaratilayotgani o‘rganish davomida qayd etildi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram