35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Zarbdor” mahallasidagi ishlar holati o‘rganildi
янв.21
32-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
36-maktabda o'rganish olib borildi
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga maktab kiyimlari topshirildi
янв.21
“Zarobod” saylov okrugidagi 6-son MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
41-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahalla idorasini ta’mirlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
“Yangikent” mahallasidagi maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasidagi mavjud holat deputatlar e’tiborida
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

DEPUTATNING SAYLOVCHILAR BILAN VA SIYOSIY PARTIYA BILAN OLIB BORADIGAN ISHLARI

Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatining asosiy vazifalaridan biri - o‘z saylov okrugidagi fuqarolar bilan doimiy aloqada bo‘lish, ularning muammolari, taklif va tashabbuslarini o‘rganish hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishdir.

Deputat saylovchilar ishonchini oqlash, hududni rivojlantirishga oid masalalarni ilgari surish va ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar ko‘rishga mas'ul hisoblanadi.

Deputat belgilangan tartibda fuqarolar qabullarini tashkil etadi, saylovchilardan kelib tushgan og‘zaki va yozma murojaatlarni qonunchilik talablari asosida ko‘rib chiqadi. Zarur hollarda vakolatli davlat organlari va tashkilotlariga deputatlik so‘rovlari hamda tavsiyalarini kiritadi, murojaatlarning ijrosini deputatlik nazoratiga oladi va erishilgan natijalar haqida murojaat mualliflariga axborot beradi.

Deputat saylovchilar bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazib, ularni qabul qilinayotgan qonunlar, davlat dasturlari, mahalliy Kengash qarorlari hamda hududda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida xabardor qilib boradi. Shuningdek, yiliga kamida to‘rt marotaba o‘z deputatlik faoliyati, amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar yuzasidan saylovchilar oldida hisobot beradi.

Deputat o‘zi ko‘rsatilgan siyosiy partiya bilan hamkorlikda partiyaning dasturiy maqsad va vazifalarini hayotga tatbiq etishga ko‘maklashadi, saylovoldi dasturida belgilangan vazifalarning ijrosini ta'minlash yuzasidan faoliyat olib boradi.

Partiya bilan hamkorlik deputatning saylovchilar manfaatlarini yanada samarali himoya qilish, ularning dolzarb muammolariga yechim topish va hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 1