35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Zarbdor” mahallasidagi ishlar holati o‘rganildi
янв.21
32-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
36-maktabda o'rganish olib borildi
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga maktab kiyimlari topshirildi
янв.21
“Zarobod” saylov okrugidagi 6-son MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
41-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahalla idorasini ta’mirlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
“Yangikent” mahallasidagi maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasidagi mavjud holat deputatlar e’tiborida
Oq oltin MFYda fuqaroning murojaati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 4-“Oq oltin” saylov okrugidan saylangan deputat F.Mamajonov tomonidan o‘z hududidagi “Oq oltin” MFYda navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla fuqarolar yig‘iniga biriktirilgan ijtimoiy xodim Soxibova Muxabbatxonning faoliyati, uning tomonidan ehtiyojmand hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

Jarayon davomida Paxlavon ko‘chasi 4-uyda yashovchi fuqaro Xamrayeva Karimaxonning holati ham atroflicha ko‘rib chiqildi.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro davlat ta’minotida bo‘lib, ayni paytda uning yashash uyi ta’mirlanmoqda. Shu munosabat bilan uyni ta’mirlash ishlarini sifatli va belgilangan tartibda davom ettirish uchun qurilish materiallari ajratilishida amaliy yordam ko‘rsatish masalasi ilgari surildi.

O‘rganish jarayonida mazkur murojaat yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yordam ko‘rsatish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Fuqaroning murojaati deputat F.Mamajonov tomonidan nazoratga olindi hamda masalani ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish yuzasidan kelishib olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 9