35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Zarbdor” mahallasidagi ishlar holati o‘rganildi
янв.21
32-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
36-maktabda o'rganish olib borildi
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga maktab kiyimlari topshirildi
янв.21
“Zarobod” saylov okrugidagi 6-son MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
41-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahalla idorasini ta’mirlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
“Yangikent” mahallasidagi maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasidagi mavjud holat deputatlar e’tiborida
Kengash_faoliyati

🇺🇿 MUSTAQILLIK BAYRAMI ARAFASIDA BANDIXONDA YANA BIR ZAMONAVIY MAKTAB BUNYOD ETILDI!

🇺🇿 Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Bandixon tumanida yosh avlod kelajagi yo‘lida yana bir muhim bunyodkorlik obyekti foydalanishga topshirildi.

Qaldirg‘och mahallasidagi 19-sonli umumta’lim maktabi uchun umumiy qiymati 2,7 milliard so‘mlik, 180 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosi barpo etilib, o‘quvchilar ixtiyoriga topshirildi.

Yangi, zamonaviy va barcha zarur sharoitlarga ega o‘quv binosi farzandlarimizning sifatli ta’lim olishi, bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirishi uchun munosib imkoniyat yaratadi.

Tantanali ochilish marosimida Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Abdumalik Allamuradov, nuroniylar, faxriy ustozlar hamda o‘qituvchilar ishtirok etdi.

Tadbirda o'qituvchilarga yosh avlodga yaratilayotgan bunday sharoitlardan unumli foydalanib, yurtimizga munosib, bilimli va vatanparvar farzandlarga bilim va tarbiya berib voyaga yetkazishlari muhimligi ta’kidlandi.

Mustaqillik — bunyodkorlik, farovonlik va farzandlar kelajagiga berilayotgan e’tibor demakdir!

Bugun qurilayotgan maktablar — ertangi kunning bilimli avlodiga qo‘yilayotgan mustahkam poydevor!

Slide 1 of 2