35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Zarbdor” mahallasidagi ishlar holati o‘rganildi
янв.21
32-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
36-maktabda o'rganish olib borildi
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga maktab kiyimlari topshirildi
янв.21
“Zarobod” saylov okrugidagi 6-son MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
41-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahalla idorasini ta’mirlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
“Yangikent” mahallasidagi maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasidagi mavjud holat deputatlar e’tiborida
Mustaqillik — eng ulug‘ qadriyatimiz
#mustalillik_35

Mustaqillik — eng ulug‘ qadriyatimiz

Aziz Kogonliklar!

Barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

Mustaqillik — xalqimizga berilgan eng buyuk ne’mat, milliy g‘ururimiz va kelajagimizning mustahkam poydevoridir. Bugun yurtimizda tinchlik-osoyishtalik, bunyodkorlik va yangilanish ruhida amalga oshirilayotgan ulkan ishlar barchamizga faxr bag‘ishlaydi.

Kogon shahrining Yangiyo‘l saylov okrugida ham obodonlashtirish, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarni hal etish borasida izchil ishlar olib borilmoqda. Bu o‘zgarishlarning zamirida xalqimizning mehnati, birdamligi va Vatanga bo‘lgan cheksiz mehr-muhabbati mujassam.

Yangiyo‘l saylov okrugidan saylangan deputat sifatida men bundan buyon ham yurtdoshlarimiz bilan yaqindan muloqot qilib, ularning manfaatlarini himoya qilish va hududimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shishni o‘z oldimdagi muhim vazifa deb bilaman.

Yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va Kogon shahrimiz taraqqiyoti doimo bardavom bo‘lsin!

Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilayman.

Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

Sh. Mardonov
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati, Yangiyo‘l saylov okrugidan saylangan

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash