35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Zarbdor” mahallasidagi ishlar holati o‘rganildi
янв.21
32-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
36-maktabda o'rganish olib borildi
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga maktab kiyimlari topshirildi
янв.21
“Zarobod” saylov okrugidagi 6-son MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
41-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahalla idorasini ta’mirlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
“Yangikent” mahallasidagi maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasidagi mavjud holat deputatlar e’tiborida
Mahalliy budjet ijrosi muhokama qilindi

 Xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi D.Alimov mahalliy budjet mablag‘larining ijro etilishi holatini o‘rganish maqsadida mas’ullar bilan
muloqot o‘tkazdi.
Muloqotda tuman hokimining o‘rinbosari A.Turg‘unov hamda moliya bo‘limi boshlig‘i A.Mirzayuldashev ishtirok etdi. Suhbat davomida mahalliy budjet mablag‘larining belgilangan tartibda ijro etilishi, budjet mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, budjet ijrosi bilan bog‘liq amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud masalalar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan fikr almashildi. Doimiy komissiya tomonidan mahalliy budjetning ijrosini deputatlik nazorati asosida o‘rganish, mablag‘lardan oqilona foydalanilishini ta’minlash hamda hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga xizmat qiluvchi vazifalarning samarali amalga oshirilishini nazorat qilish muhim vazifalardan biri ekani ta’kidlandi. Muloqot yakunida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish va mavjud masalalarni o‘z vaqtida hal etish yuzasidan tegishli fikr va tavsiyalar bildirildi. 

Slide 1 of 4