35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Zarbdor” mahallasidagi ishlar holati o‘rganildi
янв.21
32-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
36-maktabda o'rganish olib borildi
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga maktab kiyimlari topshirildi
янв.21
“Zarobod” saylov okrugidagi 6-son MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
41-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahalla idorasini ta’mirlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
“Yangikent” mahallasidagi maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasidagi mavjud holat deputatlar e’tiborida
AHOLI MUAMMOLARINI KO‘CHA-KO‘CHA O‘RGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning murojaat va muammolarini joyiga chiqqan holda o‘rganish hamda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Navbatdagi o‘rganish ishlari 22-Yunus Ayyomiy saylov okrugi hududidagi Beshchiqir mahallasida o‘tkazildi.
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi mudiri Izzat Masharipovich Masharipov viloyat Kengashi deputati Alibek Raximberganovich Ishchanov bilan birgalikda mahallani ko‘cha-ko‘cha aylanib, xonadonma-xonadon yurdi. Jarayon davomida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilinib, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Suhbatlar davomida tadbirkorlarning ko‘rsatayotgan xizmat turlari, faoliyat yuritish sharoitlari va mavjud imkoniyatlari o‘rganildi. Shuningdek, faoliyatni kengaytirish, yangi loyihalarni amalga oshirish hamda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha tadbirkorlarning taklif va tashabbuslari tinglandi.
Muloqotlar davomida imtiyozli kreditlardan foydalanish, qishloq joylarda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish, shuningdek, amaldagi qonunchilikda belgilangan imtiyozlardan foydalanish bilan bog‘liq qator masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Bildirilgan murojaatlar yuzasidan fuqarolarga tegishli huquqiy tushuntirish va amaliy tavsiyalar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish hamda amaliy ko‘makni talab etadigan masalalar tegishli tartibda nazoratga olindi.
Bunday sayyor o‘rganishlar aholi va tadbirkorlarning muammolarini joyida aniqlash, ularni hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish hamda hududlarda tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 5